Light | 09:40 / 13.06.2019
31298
7 daqiqa o‘qiladi

Ingliz tilini o‘rganishda qo‘l keluvchi 8 zamonaviy tajriba

Siri' bilan suhbat, sevimli qo‘shiqlar, filmlar va o‘yinlar ingliz tilidagi bilimlarni rivojlantirishda qo‘l keladi.

1. O‘zingiz bilan inliz tilida gaplashing

Chet tilida amaliyot yetishmasligi uni o‘rganishga to‘siq bo‘luvchi eng muhim omillardan biridir. Bu muammoni o‘z-o‘zi bilan doimo va har narsa haqida ingliz tilida suhbatlashish orqali bartaraf etish mumkin. Bizga hamsuhbat ham kerak emas, faqat tashlab qo‘ymaslik lozim. Masalan, tongda ishga otlana turib nima qilayotganingiz haqida o‘zingizga ingliz tilida takrorlaysiz: «Now I wear trousers and a shirt, I put on shoes, I close the door, I take a taxi» («Hozir men shimimni va ko‘ylagimni kiyaman, poyabzalimni kiyaman, eshikni qulflayman, taksi to‘xtataman») va shunga o‘xshash.

Xuddi ona tilida o‘ylaganingiz kabi ingliz tilida ham fikrlashni mashq qiling. Mabodo biror so‘zni bilmasangiz yoki xayolingizga kelmasa, tarjimon dasturlar yoxud Google Assistant'dan foydalaning. Shu yo‘sinda fikrlarni to‘g‘ri ifoda etishni o‘rganasiz, yangi iboralarni yod olasiz va kelajakda haqiqiy suhbatdosh bilan o‘tadigan muloqotda o‘zingizni erkin his qilasiz.

2. Blog, Instagram, Twitter'ni ingliz tilida yuriting

Bugungi kunda ko‘pchilik internet foydalanuvchilari o‘z bloglari, Instagram, Facebook, Twitter sahifalari va guruhlariga ega. Bu ham til o‘rganishda o‘z hissani bermay qolmaydi. Misol uchun, siz bir vaqtda 2 xil sahifa yuritishingiz mumkin: o‘zbek tilida va ingliz tilida. Uzundan-uzun postlar e'lon qilish mutlaqo muhim emas, asosiysi uni doimiy bajarishdir, masalan kunda bir marta. Bu orqali siz so‘zlarni bexato yozishni, fikrlarni «qog‘ozda» bayon etishni va kuzatuvchilar bilan muloqotda bo‘lishni o‘rganasiz.

Bundan tashqari, chet tilida yuritilgan kanal o‘ziga ko‘proq foydalanuvchilar jalb qilishi va sizga mashhurlik olib kelishi ham mumkin.

3. Virtual yordamchi xizmatidan foydalaning

Ingliz tilida so‘zlashishni boshlashning yana bir usuli — virtual yordamchilar xizmatlaridan foydalanishdir: Google Assistant, Siri, Amazon Alexa va Google Cortana. Ular nafaqat sizga kerakli ma'lumotni taqdim etadi, balki dialogda ham qatnasha oladi. Muntazam ravishda ularni ishlatib ingliz tilida muloqotda bo‘lasiz, savollar berasiz va javoblarni tushunib olishga harakat qilasiz. Asosiy afzallik esa talaffuzda bexato gapirishni o‘rganasiz.

4. Kundalik tuting

Kundalik yuritish chet tilini o‘zlashtirishning samarali usulidir. Chiroyli bloknot sotib oling va har kuni o‘z orzularingiz, o‘ylar, vazifalaringiz haqida ingliz tilida yozib boring. Xoh u 5ta oddiy gapdan iborat bo‘lsin, xoh unda grammatik xatolar bo‘lsin, siz shu holatda o‘sish sur'atingizni oshirasiz. Adashishdan qo‘rqmang, kundalikka sizni kamchiliklaringiz bilan ham tushunuvchi do‘st sifatida qarab, fikrlaringiz oqimini to‘xtovsiz ifoda etishga harakat qiling. Sizning maqsadingiz ingliz tilida yozishni o‘rganish.

5. Ingliz tilidagi audio-kitob tinglang

Audikitoblar mutolaani yoqtirmaydigan kitobsevarlarning (ha, shundaylar ham uchrab turadi) sevimli do‘sti. Chet tilini o‘rganishda ularning yordamini e'tirof etmay iloj yo‘q. Audiokitob chet tilini tinglab tushunishga, notanish so‘zlar ma'nosini anglashga va nutqni shakllantirishga katta yordam beradi.

O‘z bilim darajangizdan kelib chiqib audiokitob tanlang. Boshlovchilar uchun Geklberri Finn yoki Oliver Tvist mos keladi. O‘rta darajada bilimga ega izlanuvchilar Frensis Eliza Byornettning «Sirli bog‘» (The Secret Garden) yoki Jyerome K. Jyeromening «Qayiqdagi uch kishi» (Three Men in a Boat) kabi asarlarni tinglashlari mumkin.

Hozirgi kunda audiokitoblarni bepul tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatini beruvchi ko‘plab saytlar mavjud:

6. O‘yinlar orqali til o‘rganing

Hattoki kichik tanaffus yoki hordiq vaqtida ingliz tilini o‘rganishda davom etish mumkin. Wikium yoki Learnenglishkids kichik o‘yinlar orqali xotirangizni o‘stirishingiz, tezkor javob qaytarish va e'tiboringizni yaxshilash imkoniga egasiz. Saytning ingliz tilidagi talqinini tanlang va vazifalarni bajaring. Jumboqlarni yechish sizdan ingliz tilidagi so‘z va atamalarni tez vaqt ichida yod olishni talab etadi, buning evaziga xohlagan sevimli kompyuter o‘yiningizni ingliz tilida o‘ynash imkoni beriladi. Bu usul bir vaqtning o‘zida ham dam olish, ham bilim egallashga ko‘maklashadi.

7. Ingliz tilidagi serial va filmlarni subtitrlari bilan tomosha qiling

Til o‘rganishning yana bir samarali yo‘li ingliz tilidagi seriallarni kadr ostidagi yozuvlari bilan birgalikda tomosha qilishdir. Bu chet tilini eshitib tushunishga, yangi so‘zlarning yozilishini va to‘g‘ri talaffuzini egallashga xizmat qiladi.

Ularni ham o‘z bilim darajangizga qarab tanlab olishingiz mumkin. Internet tarmog‘ida ingliz tilidagi film va seriallarga mo‘ljallangan saytlar keragidan ortiq. Biz boshlanishiga quyidagilarni tavsiya etamiz: 

8. Sevimli qo‘shiqchingiz bilan birgalikda kuylang

Qo‘shiqlar — til o‘rganishning ajoyib vositasi. Sevimli qo‘shiqchi yoki guruh bilan birgalikda kuylab so‘z yodlash, mazmunni tushunish va talaffuzni o‘stirish mumkin. 

Ushbu saytlarda juda ko‘p qo‘shiqlar matnlarini uchratishingiz mumkin:

Shuningdek, Shazam dasturidan ham foydala olasiz. U nafaqat qo‘shiqlarni izlab beradi, balki sizga so‘zlarni taqdim etib, ijrochi bilan kuylash imkoniyatini yaratadi.

Xulosa

Til o‘rganishning asosi tizimlilikdan iborat. Odatlaringizni biz o‘rgatganday o‘zgartiring va tez orada uning samarasini payqaysiz. So‘z boyligingiz, talaffuz qobiliyatingiz va tinglab tushunishga oid bilimlaringiz oshishi kafolatlangan. Qolaversa, bu tavsiyalar katta vaqt va kuch talab etmaydi.

Nazokat Qarshiyeva tayyorladi

Mavzuga oid