Bosh prokuratura: Andijondagi holatda jinoyat yo‘q
Bugun, 17 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev va bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Andijon shahrida bir necha ayol bepul kottej olgani to‘g‘risida intervyu berishga majburlangani haqida OAVda e'lon qilingan xabarlardagi vajlar o‘rganib chiqilganini yana bir bor ta'kidladi va bu ish oxirigacha o‘rganilishini hamda huquqiy baho berilishini bildirdi.
«Ammo bir narsani ta'kidlashim kerak – bu holatda jinoyat yo‘q», dedi Yo‘ldoshev so‘zini tugatarkan.
Bundan avvalroq Bosh prokuratura «Andijoncha spektakl» tashkillashtirgan mas'ullarni intizomiy javobgarlikka tortishni talab qilib, taqdimnoma kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024