O‘zbekiston | 10:00 / 26.08.2019
14374
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda xalqaro konferensiya boshlandi

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va UNESCO shafeligi ostida «Moddiy va nomoddiy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, unda ko‘plab xorijiy mehmonlar, vazirlar va boshqa rasmiy shaxslar, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga tabrigini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng UNESCO bosh direktori Odri Azule so‘zga chiqdi.

Konferensiya seksiyaga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettiradi.

Mavzuga oid