O‘zbekiston | 12:41 / 31.08.2019
28633
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Saydiahmat Usmonov/Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Saydiahmat Usmonov Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Saydiahmat Usmonov bunga qadar Samarqand viloyat Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Zafar Karimov Samarqand viloyati xalq ta'lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval esa Rustam Yo‘ldoshev viloyat XTBga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid