O‘zbekiston | 23:05 / 24.09.2019
27754
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyatida 1,8 mlrd dollarlik shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Xitoyning Lioaning Lide kompaniyasi bilan birga shamol elektr stansiyasi quriladi. 22 sentyabrda shamol kuchini o‘lchashga mo‘ljallangan machta o‘rnatildi. 

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd dollarni, elektr stansiyaning ishlab chiqarish quvvati 1,5 ming MVtni tashkil qiladi. Buning uchun 6 ming gektar yer ajratilgan. Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda 200 MVtli elektr stansiyasi qurish uchun 240 mln dollar jalb qilish rejalashtirilgan.  

Shamol tezligini o‘lchovchi machtalarning balandligi 120 metrni tashkil qiladi. O‘rganishlar nihoyasiga yetishi bilan ana shu balandlikda loyihaning 1-bosqichida har qaysisiga 35 metr o‘lchamdagi uchtadan yirik parrak o‘rnatilgan bir necha o‘nlab machta-qurilmalar quriladi. 

Shamol elektr stansiyasining loyiha qiymati 240 million AQSh dollariga teng dastlabki navbati 2020 yilning kuzida ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda. U nafaqat G‘ijduvon, balki boshqa tumanlarni ham elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

Mavzuga oid