Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Bugun, 25 sentabr kunidan boshlab, Andijondan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga mikroavtobuslar qatnay boshladi.
Andijon avtoturargohida mazkur yo‘nalishning ochilishi munosabati bilan tadbir o‘tkazilib, unda ikki qo‘shni viloyat mutasaddilari qatnashdilar. Shundan so‘ng jamoat transportining birinchi reysi Andijondan O‘sh tomon yo‘lga chiqdi.
Yo‘nalish bo‘yicha Qirg‘iziston tomonidan 6ta, O‘zbekiston tomonidan 6ta, jami 12ta yangi, zamonaviy barcha qulayliklarga ega mikroavtobuslar ish olib boradi. Har ikki davlat chegara va bojxona postlari tomonidan jamoat transportining tez fursatlarda o‘tishi uchun “yashil yo‘lak” tashkil etishga kelishilgan.
“Mikroavtobuslarning faqat kunduz kuni emas, balki sutka davomida yo‘lovchilarga xizmat qiladi. Yo‘lkira haqi 10 ming so‘m. Hisob kitoblarimizga ko‘ra, kuniga 2 ming nafar yo‘lovchini tashiladi”, - deydi Andijon viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrapov.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024