Jahon | 21:23 / 27.10.2019
5232
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong politsiyasi namoyishchilarni tarqatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda

Ayrim niqob taqqan namoyishchilar do‘konlarga o‘t qo‘yib, politsiya xodimlariga yonuvchi aralashma solingan shisha idishlar uloqtirdi.

Hongkong politsiyasi Koulun yarimorolida ruxsat etilmagan aksiya ishtirokchilarini tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanmoqda. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar berdi.

Yakshanba kuni shaharda bir necha kunlik osoyishtalikdan so‘ng hukumatga qarshi namoyishlar yana boshlandi. Ko‘chalarga chiqqan bir necha yuz namoyishchi Shim Sha Tsuy turistik rayonidan to‘plandi.

Aksiya davomida ayrim niqob taqqan namoyishchilar do‘konlarga o‘t qo‘yib, politsiya xodimlariga yonuvchi aralashma solingan shisha idishlar uloqtirdi. 

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ko‘chalarni namoyishchilardan tozalashni davom ettirmoqda. To‘qnashuvlar vaqtida bir necha kishi jarohatlangan.

Hongkongda yoz faslidan buyon namoyishlar davom etmoqda.

Mavzuga oid