Xalq bankiga yangi rais tayinlandi
Farhod Islamovich Salomov Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
U bu lavozimda biroz avvalroq «Mikrokreditbank» rahbarligiga o‘tgan Murodilla Eshmatov o‘rnini egalladi.
Farhod Salomov 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2005 yilda AQShdagi Kolorado texnika universitetini tamomlagan.
«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» va «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Farhod Salomov 2001 yildan bank tizimida faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Salomov AQShning U.S. bankida direktor o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. U 2012, 2013, 2014 yillarda bank mukofotlari bilan taqdirlangan. 2009 yilda esa faoliyatiga innovatsion tajribalarni tatbiq etgani uchun bankning oliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Farhod Salomov 2018 yil oktyabridan buyon Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024