Jahon | 14:50 / 18.12.2019
17520
1 daqiqa o‘qiladi

O‘n yoshli qiz IQ testida Xoking va Eynshteynni ortda qoldirdi

Foto: The Sun

Angliyaning Birmingem shahrida yashovchi o‘n yoshli qiz IQ testida eng yuqori ballni qo‘lga kiritib, mashhur olimlarni ortda qoldirdi, deb yozmoqda The Sun.

10 yoshli Freyya Mangotra oktyabrda “Mensa” tashkiloti tomonidan voyaga yetmaganlar uchun o‘tkaziladigan IQ testini topshirdi va 162 ballni qo‘lga kiritdi.

Qizning natijasi Albert Eynshteyn va Stiven Xokingning natijalaridan ikki ballga ko‘pdir. Bu olimlarning IQ ko‘rsatkichi 160ga teng.

Mangotra taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ga ega, teatr va shaxmatni yoqtiradi. Suzish va raqs bilan shug‘ullanadi.  

#IQ

Mavzuga oid