Jamiyat | 23:07 / 07.04.2020
12820
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shrabot IIB binosida bezorilik qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Tumanning «Yuqori jo‘sh» mahallasida ichimlik suv quvurlarini  o‘zboshimchalik bilan kovlab, uyiga olib ketgan fuqaro ustidan tuman IIBga murojaat kelib tushgan.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, Qo‘shrabot tuman IIB xodimlari Sh.Zohidov va G‘.Mamayevlar bu quvurlarni Qo‘shrabot tuman «Yuqori jo‘sh» mahallasida yashovchi fuqaro T.Sh. (1992 y.t.) kavlab olganini aniqlab, uning uyiga borgan.

T.Sh. bilan suhbat davomida shu mahallada yashovchi, 1991 yil tug‘ilgan boshqa bir fuqaro X.N. kelib, xodimlarning faoliyatiga qarshilik qilib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qiladi.

IIB xodimlari haqorat qilgan fuqaroni Qo‘shrabot tuman IIBga olib borishganda, u IIB xodimlarini yana haqorat qilib, IIB binosining ichki tomonidagi devorlarni, vaqtincha ushlab turish xonasining eshigi va eshik romlarini tepib shikast yetkazadi.

Holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi va 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid