O‘zbekiston | 20:03 / 23.04.2020
66854
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik sog‘ayishlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida yana 58 nafar bemor sog‘aygani haqida ma'lumot berdi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 561 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, Buxoro viloyatida 58 nafar bemor butkul sog‘ayib, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan. 

Buxoro viloyatida bugunning o‘zida sog‘ayganlar soni 95 nafarni tashkil qildi. Avvalroq viloyatda 37 nafar bemorga javob berilgani ma'lum qilingandi.

Bugun kun davomida Andijonda 4, Jizzaxda 1, Surxondaryoda 1, Toshkent shahrida 10 (Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2,  Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8) nafar bemor tuzalgandi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kunlik tuzalishlar soni o‘sib bormoqda, 21 aprel kuni 96, 22 aprel kuni 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzaldi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 561 nafarga yetdi.

23 aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra,  O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1735 nafarni tashkil qilgan.

Mavzuga oid