Jahon | 01:44 / 14.05.2020
7121
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh pandemiyaga qaramay Yevropa ittifoqida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi

AQSh armiyasi pandemiyaga qaramay, iyunda Polsha shimolidagi poligonda o‘z harbiylari ishtirokida Allied Spirit (Ittifoqchilik ruhi) mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: Dailytimes

Bu haqda AQSh armiyasining Yevropadagi qo‘mondonligi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, pandemiyaga qaramay o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchi harbiylarni koronavirusdan himoyalash uchun barcha ehtiyotkorlik choralari ko‘riladi.

Polshalik harbiylar ham ishtirok etuvchi ushbu mashg‘ulotlar Yevropada sovuq urush yakunlangan davrdan keyingi eng yirik mashg‘ulotlar bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq pandemiya sababli bekor qilingan Defender Europe-2020’ning kichik ko‘lamdagi varianti hisoblanadi.

Mashg‘ulotlar Dravsko-Pomorskdagi poligonda 5-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 6 mingga yaqin amerikalik va 2 ming polshalik harbiy ishtirok etadi.

Mart oyida Pentagon pandemiya sababli Defender Europe-2020’da ishtirok etadigan harbiylarning Yevropaga jo‘natilishini to‘xtatishni buyurgan edi. Ushbu mashg‘ulotlarda 20 ming amerikalik harbiy ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Mashg‘ulotlar bekor qilinishi oldidan Yevropaga 6 ming amerikalik harbiyni jo‘natishga ulgurilgan.

Mavzuga oid