Prezident Andijon shahrida qurilgan yangi ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi
Andijon shahrida yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi. Prezidentimiz ushbu mavzega borib, xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi.
«Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2018 yil 20 may kuni Andijon shahridagi yangi uy-joylarni ko‘rgan edi. Mazkur hududda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, qo‘shimcha turar joylar qurish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shu asosida shaharda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi.
Prezident ushbu mavzeni borib ko‘rdi. Xonadonlardan birida bo‘lib, oila bilan suhbatlashdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.
Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.
Ma'lumki, Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri. Bu yangi uylarda shuncha maydondagi boshqa loyihalarga nisbatan 2 barobar ko‘p xonadonlar joylashgani mahalliy sharoit uchun juda muhim. Shu bois xonadonlarning narxi ham xamyonbop.
Aholini turar joylar bilan ta'minlashni izchil davom ettirish zarurligi ta'kidlandi.
– Kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi bo‘lsa, o‘zi harakat qilib, ro‘zg‘orini oyoqqa qo‘yib oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega ko‘p qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024