Jahon | 23:23 / 04.06.2020
6331
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusda yangi bosh vazir tayinlandi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Gosvoyenprom rahbari Roman Golovchenkoni yangi bosh vazir etib tayinladi. Bir kun avval Lukashenko hukumat iste'fosini e'lon qilgandi.

Foto: MID RB

Belarus prezidenti yangi hukumat tarkibiga kirmaydigan barcha siyosatchilar “ishsiz qolmasligini” aytgan.

“Yana bir bor ta'kidlamoqchiman: bugun yangi hukumatga kirmaganlar, ishsiz qolmaydi, ular dushman emas”, deb aytgan Lukashenko.

Belarus rahbari prezident saylovlarigacha yangi hukumatni shakllantirmoqchiligini 25 may kuni ma'lum qilgan. U keyinroq prezident saylovlari arafasida va u o‘tkaziladigan kunda mamlakatda “maydanlar” bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidlab o‘tgan. 

Belarusda navbatdagi prezident saylovlari 9 avgustda o‘tishi belgilangan.

Mavzuga oid