Jamiyat | 12:43 / 15.06.2020
6194
1 daqiqa o‘qiladi

TIKA Sardoba fojiasi jabrdiydalariga gumanitar yordam yetkazmoqda

 Turkiyaning muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligi (TIKA) Sardoba fojiasi jabrdiydalariga yana bir gumanitar yordam jamlamasini yetkazib bermoqda. Bu haqda Turkiya elchixonasi matbuot maslahatchisi Davut Gazi Benli xabar berdi.

 4000 dona ko‘rpa-to‘shak, yostiq va yotoq jamlamalarini o‘z ichiga olgan gumanitar yordam 7ta yuk tashuvchi mashinada yetkazib beriladi. Ushbu insonparvarlik yordami, bugun 2020 yil 15 iyun soat 16:00da, Guliston shahridagi Alpomish sport kompleksida tashkil etiladigan marosimda, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er va TIKA agentligi rahbari Jamoliddin Tuney janoblari tomonidan Sirdaryo hokimligiga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu Turkiya davlat tashkilotlari va tadbirkorlarining ayni yo‘nalishdagi birinchi yordami emas. Bundan oldin O‘zbekistonda yashayotgan turk diasporasi vakillari «Sardoba» falokati tufayli qiyin vaziyatda qolgan sirdaryoliklar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazib, 686,5 mln so‘m va 10,3 ming dollar mablag‘ yig‘ishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid