Navoiyda 87 yoshli ayolni tunagan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 3 sentabr kuni soat 11:40da ikki nafar noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirib, yuzlariga matoli niqob taqqan holda Navoiy viloyati Uchquduq tumani “Geologlar” ko‘chasida yashovchi 87 yoshli P.T. (ayol) uyda yolg‘iz yashashligini bila turib, xonadonga kirish eshigi qulflanmaganligidan foydalanib g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular P.T.ning og‘zini o‘zlari bilan olib kelgan mato bo‘lagi bilan berkitib, yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan shkaf ichidan 1 mln. 500 ming so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma'lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli N.X. va 19 yoshli E.N. sodir etganliklari aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.X. va E.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlarini olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 29.11.2024
Andijonda mashinasida pul olib yuradigan fuqaro niqobli shaxslar hujumiga uchradi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
11:54 / 30.03.2024