Ozarboyjon «ulkan vayronkor kuchga ega qurol»ni qo‘llash bilan tahdid qildi
28 sentabr kuni Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Toganyan agarda Tog‘li Qorabog‘da Turkiyaning F-16 samolyotlari parvoz qiladigan bo‘lsa, «Iskander»lar qo‘llanilishi mumkinligini aytgandi.
Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov armiya qo‘mondonligiga raqibning harbiy infrastruktura obektlariga qarshi ulkan vayronkor kuchga ega quroldan foydalanish rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, raqib «Iskander» tezkor taktik raketa majmualaridan foydalanadigan bo‘lsa, «bunga munosib javob qaytariladi».
«Vazir Ozarboyjon armiyasiga raqib hududidagi harbiy-strategik infrastrukturaga ulkan vayronkor kuchga ega qurollardan zarba berish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni buyurdi», — deyiladi vazirlik xabarida.
28 sentabr kuni Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Toganyan agarda Tog‘li Qorabog‘da Turkiyaning F-16 samolyotlari parvoz qiladigan bo‘lsa, «Iskander»lar qo‘llanilishi mumkinligini aytgandi.
30 sentabr kuni Ozarboyjon Armanistonni Tog‘li Qorabog‘da «Tochka-U» taktik raketa majmuasidan foydalanganlikda aybladi.
Mavzuga oid
18:40
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
17:09
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36
Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati Chechenistonning qurbonlarning oilalariga yordamini rad etdi
20:58 / 26.12.2024