Jahon | 19:52 / 20.10.2020
9139
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Sharjaga qatnovlarni tiklamoqda

Toshkent – Sharja – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar seshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Foto: Getty Images

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 3 noyabrdan boshlab Toshkent – Sharja – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni tiklamoqda.

Ekonom klassdagi chiptalarni bir tomonga 199 yevroga sotib olish mumkin. Borish-kelish chiptasi 299 yevrodan boshlanadi.

Toshkent – Sharja – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar seshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

–Toshkentdan uchish - 08-25, Sharjaga qo‘nish - 11:00;

– Sharjadan uchish - 12-:30, Toshkentga qo‘nish - 16:40;

Kompaniya shuningdek, Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni oshirilganini e'lon qildi.

Endilikda ushbu yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptani 209 yevrodan, borish-kelishga esa 319 yevrodan boshlab sotib olish mumkin. Dubayga parvozlar 25 oktyabrdan haftasiga to‘rt marta (dushanba, chorshanba, payshanba va juma) amalga oshiriladi.

Mavzuga oid