O‘zbekiston | 14:56 / 17.11.2020
7861
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jahon mamlakatlarining farovonlik reytingida 5 o‘ringa ko‘tarildi

Foto: KUN.UZ /Muxammadjon Ganiyev

Legatum Institute tomonidan har yili tuziladigan Legatum Prosperity Index dunyo reytingida O‘zbekiston 102-o‘rindan 97-o‘ringa ko‘tarildi.

Mualliflar mamlakatlarni 9 mezon bo‘yicha taqqosladi: iqtisodiy rivojlanish darajasi, biznes muhiti, davlat boshqaruvi samaradorligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va shaxsiy erkinlik, shuningdek, ijtimoiy kapital va ekologik muhitni rivojlantirish mezonlari. 

Yangilangan reytingda O‘zbekistonning eng zaif tomonlari hanuzgacha ekologik muhit (157-o‘rin), shaxsiy erkinlik (147-o‘rin) va davlat boshqaruvi samaradorligi (136-o‘rin) hisoblanadi. 
  
Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning kuchli tomonlari ijtimoiy kapital (20-o‘rin), sog‘liqni saqlash (43-o‘rin) va xavfsizlik (52-o‘rin). 

2010 yilda O‘zbekiston birinchi marotaba mamlakatlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi va 109-o‘rinni egalladi, 2019 yilda esa 102-o‘ringa ko‘tarildi. 

Mavzuga oid