Tailandda xavfli virus tarqaldi
Virus yuqtirganlarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilmoqda.
Tailandning Pattayya shahrida chikungunya virusi chaqiradigan kasallikka chalinish holatlari keskin ko‘paydi. Bu haqda The Thaiger yozmoqda.
Nashrning xabar berishicha, infeksiya tashuvchi chivinlar orqali tarqalgan. Virus yuqtirganlarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilmoqda.
Mahalliy mer Sontxaya Kxunplyuyem sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga vaziyatni nazoratga olishni buyurgan. Bundan tashqari, hokimiyat chivinlarga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qilgan hamda turg‘un suv havzalarini – mehmonxona va korxonalardagi fontanlar sonini kamaytirishni so‘ragan.
«Mahalliy aholi chikungunya bezgagi to‘g‘risida hamda undan qanday saqlanish borasida xabardor qilindi. Ularga chivinlar ko‘payishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘lgan suv manbalariga yaqinlashmaslik tavsiya qilindi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:48 / 10.12.2024
Tailandda ikki kishi massajdan keyin vafot etdi
09:42 / 10.12.2024
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024