O‘zbekiston | 12:44 / 28.12.2020
97849
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyat hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Madaniyat vazirligining «Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida uchta viloyat hokimi, bank rahbarlari va 2020 yilda vafot etgan 7 nafar san'atkor bor.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh shaxslarga «Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni topshirildi.

Madaniyat vaziri buyrug‘i bilan taqdirlangan 106 kishi orasida uch viloyat hokimi, bir necha banklarning rahbarlari hamda 2020 yilda vafot etgan taniqli san'atkorlar ham bor.

Jumladan, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Farg‘ona viloyati Xayrulla Bozorov hamda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovga ko‘krak nishoni topshirilgan.

«Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 mart kungi qarori bilan tasdiqlangan. Madaniyat vazirligi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va nishon Yangi yil bayrami arafasida madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar BHMning 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Mavzuga oid