Bir vazir ishdan ketdi, ikkinchisi jiddiy ogohlantirish oldi
Vazir Muzaffar Soliyev ishdan ketdi, Botir Zokirov ogohlantirish, Abdurahmon Abduvaliyev hayfsan oldi.
Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyev ishdan olindi.
Ma'lum bo‘lishicha, 4 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida prezident topshirig‘iga asosan bosh vazir Abdulla Aripov va prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha davlat rahbariga axborot berilgan. Davlat rahbarining 5 yanvardagi farmoniga binoan Muzaffar Soliyev ishdan olingan, bundan tashqari, Transport vaziri o‘rinbosari - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan berilgan, shuningdek, qurilish vaziri Botir Zokirov ogohlantirilgan.
Unga kamchiliklarni bartaraf etish va choradan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun 6 oy muddat belgilangan, agar bu vazifani uddalay olmasa, u ishdan olinishi mumkin.
Abdurahmon Abduvaliyev 2017 yil martidan buyon Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga raislik qilib keladi.
Muqaddam mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Muzaffar Soliyev O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi farmoniga muvofiq uy-joy kommunal xizmatlar vaziri etib tayinlangandi.
U lavozimdan chetlatilgani to‘g‘risidagi xabarlar oldinroq paydo bo‘lgan, bunga sabab sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgani, faoliyatida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani ko‘rsatilgan edi. Ammo vazirlik matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamagandi.
Mavzuga oid
14:19 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
19:47 / 15.08.2024
Ikkita mashina, uchta uy va naqd pullar – sobiq vazirning bir nechta mulki davlatga yetkazgan zararini qoplash uchun xatlangan
17:05 / 15.08.2024
Sobiq vazir 7 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi
14:08 / 22.07.2024