O‘zbekiston | 19:07 / 03.02.2021
6065
2 daqiqa o‘qiladi

«60 ming kilometrdan ziyod yo‘llar ta'mirtalab holatda» - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

3 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida yo‘l xo‘jaligi tizimidagi muammolar, hududlarda yo‘l va ko‘priklarning ta'mirtalab holatga kelib qolgani bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov respublikada foydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llari, ularga ajratilgan mablag‘lar, ta'mirlangan va ta'mirga muhtoj yo‘llar haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada jami 184 174 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari – 42 869 km.ni;
  • ichki xo‘jalik yo‘llari – 116 560 km.ni;
  • idoraviy yo‘llar – 24 745 km.ni tashkil etadi.

«2020 yilda jami 5,1 trln so‘m miqdorida avtomobil yo‘llarini qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km avtomobil yo‘llari qayta qurildi va ta'mirlandi», deya ma'lum qildi qo‘mita mas'uli Shuhrat Nazarov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 60 ming km.dan ziyod ta'mirtalab ichki xo‘jalik yo‘llari yo‘llar mavjud. 

«Bugungi kunda 60 ming km.dan ziyod ta'mirtalab ichki xo‘jalik yo‘llari yo‘llari bor, buni tan olish kerak. 2021 yilda esa 4,5 trln so‘m mablag‘ o‘zlashtiriladi hamda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta'mirlanadi», deya ta'kidladi Shuhrat Nazarov.

Transport prokuraturasi yo‘l va ko‘priklar qurilishidagi jinoyatlar haqida ma'lumot berdi

Ta'mirga muhtoj yo‘llarning qaysilari birinchi bo‘lib ta'mirlanishi qanday hal etiladi?

Mavzuga oid