O‘zbekiston | 14:37 / 25.02.2021
31247
3 daqiqa o‘qiladi

Dong‘i dunyoga doston shahar – Dubay. Amirliklardan Kun.uz fotojamlanmasi

Kun.uz ijodiy jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida ijodiy safarda bo‘lib qaytdi. Safarimiz davomida qator jurnalistik materiallar tayyorlash bilan birga, mamlakatning eng yirik shahri – Dubay va boshqa amirliklar manzaralarini ham kamera obektiviga muhrladik.

Bir necha o‘n yil ichida sahro ichidan ko‘kka bo‘y cho‘zgan Dubay bugun G‘arbiy Osiyodagi eng yirik biznes xab maqomiga da'vo qiladi.

Neft daromadidan gullagan, qariyb 3,5 million aholiga ega megapolis iqtisodiyotining asosida bugungi kunda xalqaro savdo, turizm, aviatsiya, ko‘chmas mulk va moliyaviy xizmatlar kabi sohalar yotadi.

Osmono‘par binolari, sohilbo‘yi dam olish maskanlari, ko‘ngilochar va savdo markazlari, xavfsizligi va boshqa qator omillar hisobiga Dubay har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. 2020 yil pandemiya kuzatilganini hisobga olib, 2019 yilgi ma'lumotlarga yuzlansak, Dubay – eng ko‘p xorijlik tashrif buyuruvchi dunyodagi top-7 shahardan biri.

Yetti amirlikdan iborat mamlakatda aholining aksar qismi – muhojirlar. Ammo ular yashovchi tumanlarda har doim ham dabdabani uchratavermaysiz. Shu va boshqa jihatlar bilan jonli fotojamlanmamizda tanishing.

Dubaydagi Burj Xalifa – dunyodagi eng baland inshoot. Bino balandligi 829,8 metr.

Burj Xalifa va Dubai Mall o‘rtasidagi Dubay favvorasi

Birlashgan Arab Amirliklari aholisining 80 foizdan ortig‘i – muhojirlar

Kelajak muzeyi. Dubaydagi bu yangi muzey insoniyatni kelajakda kutayotgan imkoniyatlar va tahdidlarga bag‘ishlangan.

Palm Jumeyra sun'iy orolidagi Atlantis mehmonxonasi

Dubayga yondosh Sharja amirligidagi muhojirlar yashash maskani

Har yili 320dan ortiq qush turlari BAA orqali Afrika, Osiyo va Yevropaga migratsiya qiladi.

Fujayra amirligidagi tog‘lar

Mamlakatning aksar hududi Arab sahrosiga kiradi.

BAA – avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha reytinglarda old qatorlarda turuvchi davlatlardan
Fujayra amirligi. BAAning 7ta amirligidan 6tasining qirg‘oqlarini Fors ko‘rfazi suvlari yuvib turadi. Mamlakat g‘arbidagi Fujayra amirligi Ummon ko‘rfaziga tutash.

Fujayra shahridagi shayx Zayid masjidi – BAAdagi ikkinchi eng yirik masjid. 2015 yilda foydalanishga topshirilgan.
Xuddi shu nomdagi, poytaxt Abu-Dabida qurilgan masjid mamlakatdagi eng yirigi sanaladi.
Masjid bir vaqtning o‘zida 14 ming namozxonni sig‘dira oladi.

Kun.uz fotomuxbirlari:
Muhammadjon G‘aniyev,
Nuriddin Nursaidov.

Mavzuga oid