O‘zbekiston | 08:52 / 23.04.2021
7831
5 daqiqa o‘qiladi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining funksiyalari kengaytirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi «O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat prezidentning 2019 yil 20 martdagi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2021 yil 21 yanvardagi «O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq qabul qilingan.

Quyidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:

  • Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi qarori;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizom;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risida namunaviy nizom;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risida nizom;
  • O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida nizom;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, quyidagi tashkilotlar qo‘mita yagona tizimini tashkil etadi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari;
  • O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi;
  • «O‘rmonloyiha» loyihalash instituti;
  • Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
  • «O‘rmonqurilish» DUK;
  • «O‘rmontexnoservis» DUK;
  • O‘rmon xo‘jaligi texnikumi va qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar.

Qo‘mitaning respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish sohasidagi funksiyalari to‘ldirildi.

Endi qo‘mita funksiyalariga quyidagilar ham kiritildi:

  • respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • O‘zbekistonning cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
  • cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
  • O‘zbekistonda cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘lga aylanib borishga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi talablarini bajarish doirasida O‘zbekistonning milliy vakolatli organi vazifasini amalga oshirish.

Qo‘mita huquqlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Endi qo‘mita o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar (ilgari – tabiat bog‘larida jarimalar va sanksiyalar) qo‘llash huquqiga ham ega bo‘ladi.

Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

Mavzuga oid