O‘zbekiston | 11:39 / 27.05.2021
3090
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomaktab o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: KUN.UZ

O‘qituvchi fuqaroni IIBda ishlovchi tanishi orqali imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishni va'da qilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 21 aprel kuni fuqaro Yu.B. IIBga murojaat qilib, Qo‘qon shahrida joylashgan avtomaktabning K.M. ismli o‘qituvchisi “V,S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini Farg‘ona viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishini aytib, 2 200 000 miqdoridagi pullarni talab qilayotganini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, K.M. Qo‘qon shahar markazida Yu.B.dan “V,S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 2 200 000 miqdoridagi pullarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Avvalroq avtomashina olib beraman deb, fuqaroni 19 800 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid