Buxoroda qalbaki pullarni muomalaga kiritgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Buxoro shahrida qalbaki puldan foydalanmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda Buxoro shahar Avshor mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan H.M. boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shahardagi «Rahmatillo» MChJga tegishli bo‘lgan savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 2 dona soxta 100 000 so‘mlik bilan hisob-kitob qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra, hujjatlashtirib olingan har ikkala 100 000 so‘mlik kupyura qalbaki ekanligi tasdiqlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
11:34 / 08.10.2024