O‘zbekiston | 14:38 / 16.06.2021
5542
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda chirigan quvur mashinani bosib qoldi

Samarqand shahrida chirib ketgan yirik diametrli quvur uzilib tushib, mashinani bosib qoldi. Oqibatda mashina yaroqsiz holga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ustiga chirigan quvur tushib ketib, yaroqsiz holga kelgan Nexia tasvirlangan video tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur hodisa joriy yil 14 iyun kuni Samarqand shahrining Sartepa mavzesida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida bundan taxminan 40 yil oldin o‘rnatilgan quvur qulab tushgani haqidagi ma'lumotni viloyat uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Negmatov tasdiqlagan.

 «14 iyun kuni soat 8:30larda bo‘lim mutaxassislari voqea sodir bo‘lgan joyida bo‘lib, holatni o‘rganishdi. Diametri 273 millimetr bo‘lgan quvur o‘z-o‘zidan tushib ketmagan. Uning qulashi sabablariga hali aniqlik kiritiladi», degan Bahodir Negmatov.

Uning aytishicha, hodisa tufayli yaroqsiz ahvolga kelgan mashina yo‘lning o‘rtasida belgilanmagan joyda to‘xtagan. Hozirda Nexia vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mavzuga oid