Samarqandda gultuvakda kannabis o‘stirayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand shahrida yashovchi fuqarolar o‘z uyida giyohvand o‘simlikni yetishtirib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan «Qoradori-2021» tadbirida, shahar IIO FMB 8-son IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Lohutiy mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.F.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda gullar orasida qonunga xilof ravishda 1 tup kannabis yetishtirib kelayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, Samarqand shahar Shohrux ko‘chasida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan O.G.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyida gultuvaklarda qonunga xilof ravishda 2 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 270-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024