Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlangani sababli u davolanish uchun Toshkentga jo‘nab ketdi. Bir hafta avval viloyat rahbari niqobsiz ko‘rinish berib, Buxoro aholisi bilan qo‘l berib ko‘rishgandi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, hokim davolanish uchun Toshkent shahriga borgan. Zaripovda kasallik yengil o‘tayotgani aytildi. Manbaga ko‘ra, hokim Buxoroda fuqarolar bilan uchrashuv vaqtida niqobsiz bo‘lgan va o‘sha uchrashuvlarda virus yuqtirgan.
Hokimlik ma'lumotlariga ko‘ra, Botir Zaripov 27 iyun kuni Buxoro shahridagi «Xo‘ja Mushkin» hamda «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘inining obodonlashtirishdan keyingi ochilish marosimlarida qatnashgan. Lavhalarda hokim niqobsiz bo‘lgani, fuqarolarning qo‘lini siqib, masofa saqlamaganini ko‘rish mumkin.
Bu borada qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Buxoro viloyat hokimi matbuot kotibi Olim Jo‘rayev bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Kotib o‘z kanalida ham bu haqda ma'lumot bermagan. Shuningdek, Buxoro hokimligi sahifalarida ham Zaripovning holati haqida ma'lumot yo‘q.
Ma'lumot uchun, Botir Zaripov 22 yanvarda Buxoro viloyati hokimligiga tasdiqlangan edi.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
11:34 / 08.10.2024