Tunis sohillari yaqinida 17 nafar qochqin halok bo‘ldi
Tunis sohillari yaqinida O‘rta yer dengizi orqali Italiyaga yetib olmoqchi bo‘lgan 17 nafar qochqin halok bo‘ldi. Bunga qochqinlar ketayotgan qayiqning halokatga uchrashi sabab bo‘lgan.
Qizil xoch jamiyati mahalliy vakolatxonasining ma'lum qilishicha, barcha halok bo‘lganlar Bangladesh fuqarolari bo‘lgan. Shu bilan birga sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 380 kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayiq Liviya shimolidagi Zuar shahridan jo‘nagan. Unda Suriya, Misr, Sudan, Eritreya, Mali va Bangladeshdan muhojirlar bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda dengizda ob-havo yaxshilangani sababli qochqinlarning Yevropaga tushish maqsadida Tunis va Liviyadan Italiyaga yetib olishi holatlari ko‘paygan.
Mavzuga oid
16:58 / 19.12.2024
Suriya lagerlaridan fuqarolarni qaytarishda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qilmoqda
23:42 / 08.12.2024
Turkiya TIV rahbari: suriyalik qochqinlar endi uylariga qaytishi mumkin
19:09 / 13.06.2024
Dunyodagi qochqinlar soni rekord darajaga yetdi
12:24 / 20.02.2024