O‘zbekiston | 07:50 / 03.08.2021
2275
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda yilning o‘tgan muddatida 39 kishi avtohalokat tufayli vafot etgan

Navoiy viloyatida joriy yilning yanvar-iyun oylarida 124 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shuning 39 tasi inson o‘limi bilan bog‘liq. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubov 2 avgust kuni o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, avtohalokatlarning 27 tasi tezlikni oshirish, 15 tasi piyodalarga yo‘l bermaslik, 4 tasi svetoforga rioya qilmaslik, 5 tasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 7 tasi boshqaruv paytida uxlab qolish, 6 tasi mast holda mashina boshqarish, 8 tasi imtiyozga ega mashinalarga yo‘l bermaslik, 4 tasi yo‘l belgilariga amal qilmaslik natijasida sodir etilgan.

Brifingda piyodalar, ayniqsa bolalar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida Navoiy shahrida «Vaziyatlar markazi» ishga tushirilgani, ushbu markazda shahardagi 23 ta chorrahada o‘rnatilgan 99 ta kamera integratsiya qilingan holda barcha piyodalar o‘tish joylarini to‘liq nazorat qilish imkoni yaratilgani aytib o‘tildi. Ta'kidlanishicha, markazda 3 nafar xodim tomonidan bir vaqtning o‘zida 143 ta kamera nazorat qilib boriladi.

 Oldinroq Navoiyda «Nexia» ag‘darilib ketishi oqibatida undagi yo‘lovchi vafot etgandi.

Mavzuga oid