O‘zbekiston | 14:06 / 30.09.2021
8585
2 daqiqa o‘qiladi

«Oliy ma'lumotlining qo‘lida ham hunari bo‘lishi kerak» - Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvida maktablarda kasb-hunarga o‘qitish tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Maktablarda ham hunar o‘rgatishga katta e'tibor qaratishimiz kerak. Hatto oliy ma'lumotli insonning qo‘lida ham albatta hunari bo‘lishi lozim. Yoshlarda boy bo‘lishning yagona yo‘li oliy ma'lumot olish degan tushuncha bor. Bu noto‘g‘ri qarashdir», – dedi Alisher Qodirov.

U shuningdek, jamiyatda va oilada ayollarga munosib sharoit yaratish haqida gapirar ekan, prezidentlikka kelsa, bunga alohida e'tibor qaratishini ta'kidladi.

«Ayollarning avvalo ona ekanini esdan chiqarmasligimiz lozim. Ularga oilada ham, jamiyatda ham munosib sharoit yaratib berishimiz kerak. Bu bilan og‘riqli jihat – oilalarning ajralib ketishi oldini ham olgan bo‘lamiz. XDPdan ko‘rsatilgan nomzod gender tengligi orqali ayollarni hurmat qilishga chaqiryapti. Lekin biz azaldan onalar, qizlarimiz, ayollarimizning hurmatini joyiga qo‘yib kelgan xalqmiz. Bu biz uchun allaqachon milliy qadriyatimizga aylanib bo‘lgan», – dedi prezidentlikka nomzod.

Mavzuga oid