O‘zbekiston | 16:23 / 21.10.2021
4360
2 daqiqa o‘qiladi

Narzullo Oblomurodov olmaliqlik saylovchilar bilan uchrashdi

Foto: Ekologik partiya

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov 20 oktabr kuni Olmaliq shahridagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Ekopartiya nomzodining viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Nosirjon Aminov saylovchilarga Narzullo Oblomurodov haqida ma'lumotlar berdi.

Jumladan, nomzodning Orolbo‘yi hududi muammolarini yechishga qaratilgan “Mo‘ynoqqa madad” xayriya velomarafoni, “Daraxt eking” aksiyasi, ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar tanlovi kabi yirik loyihalar muallifi ekanligi qayd etildi.

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov o‘z saylovoldi dasturidan o‘rin olgan asosiy maqsadlar haqida gapirdi.

Foto: Ekologik partiya

“Bizning maqsadimiz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni chuchuklashtiruvchi lokal qurilmalar barpo etish orqali olis qishloq joylarda suv ta'minoti sezilarli darajada yaxshilanishiga erishish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik madaniyatni rivojlantirish, sanoat korxonalarining atmosferaga chiqaradigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish”, – dedi u.

Saylovoldi dasturidagi barcha yo‘nalishlar, ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda nafaqat yurtimiz uchun , balki butun dunyo ahli uchun ham dolzarb bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olganligi ham ta'kidlab o‘tildi.

Partiya an'anasiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng nomzod “Metallurg” madaniyat saroyi hovlisiga daraxt ko‘chati o‘tqazdi.

Mavzuga oid