Facebook kompaniyasi o‘z nomini Meta deb o‘zgartirdi
Facebook kompaniyasi Meta’ga rebrending qildi. Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlari nomi o‘zgarmaydi.
Facebook kompaniyasi asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg kompaniyaning nomi Meta deb o‘zgartirilganini e'lon qildi.
“Bugungi kundan biz Meta deb nomlanamiz”, deb aytgan yangi brendning onlayn-taqdimotida Tsukerberg.
U “Meta” so‘zi grekchadan “keyin” degan ma'noni anglatishini qo‘shimcha qilib ketgan. “Men uchun u yana nimanidir qurish mumkinligini anglatadi”, deb ta'kidlab o‘tgan tadbirkor.
Shu bilan birga, kompaniya dasturlari nomlari o‘zgarishsiz qoladi.
Mark yangi nom kompaniya nafaqat Facebook ijtimoiy tarmog‘i, balki WhatsApp messenjeri, Instagram ijtimoiy tarmog‘i, Oculus va boshqa servislardan iboratligini ta'kidlashini aytgan.
“Hozirda brendimiz bir mahsulotimizga shunchalik chambarchas bog‘langanki, u bugungi kunda biz shug‘ullanayotgan barcha narsani aks ettirmaydi”, deb aytgan Facebook ijtimoiy tarmog‘ini nazarda tutib kompaniya rahbari.
Tsukerberg yangi brend kompaniyaning bosh maqsadi – metakoinotni hayotga tatbiq etishini qo‘shimcha qilgan.
Uning aytishicha, Meta biznesi markazida Facebook ijtimoiy tarmog‘i emas, balki “virtual metakoinot” bo‘ladi. Shu sababli Meta foydalanuvchilariga kompaniyaning boshqa servislaridan foydalanish uchun endilikda Facebook ijtimoiy tarmog‘i kerak bo‘lmaydi.
“Metakoinot – internet taraqqiyotining yangi bosqichi. Uning asosiy maqsadi odamlarni birlashtirish, ularga muloqot qilishda yordam berishdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Tsukerberg.
Kompaniyaning logotipi ham yangilandi. Unda ko‘k rangdagi Myobius tasmasi va “Meta” yozuvi aks etgan.
Facebook’ning qayta nomlanishi ortida kompaniya aksiyalari narxi 3 foizga ko‘tarilgan.
Facebook rebrending o‘tkazishi haqida o‘tgan hafta ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya o‘z nomini o‘zgartirishini ichki hujjatlari sizib chiqishi atrofidagi mojaro ortida e'lon qildi. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, kompaniya rahbariyati ko‘proq daromad olish maqsadida adovatni qo‘zg‘ovchi ba'zi nomaqbul kontentlarga ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
22:30 / 07.01.2025
Mark Tsukerberg Facebook va Instagramʼda endi faktcheking bo‘lmasligini ma’lum qildi
21:20 / 01.01.2025
2024 yilda eng boy 500 kishining boyligi 10 trillion dollardan oshdi
20:42 / 17.12.2024