Fan-texnika | 23:32 / 02.11.2021
24489
1 daqiqa o‘qiladi

Amsterdamda dunyodagi ilk boshqaruvchisiz suv taksisi paydo bo‘ldi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamdagi kanallar bo‘ylab boshqaruvchisiz suv taksisi Roboat III xizmati yo‘lga qo‘yildi. ZDNet nashrining xabar berishicha, boshqaruvchisiz suzish moslamasi 5 nafargacha yo‘lovchini yoki 1500 kg yuk tashiy oladi. 

Foto: Reuters

Qayiq-taksi AQShning Massachusets texnologik instituti va Amsterdam ilg‘or shahar yechimlari instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayiqning 2015 yilda yaratilgan va sinovdan o‘tkazilgan modeli taksi sifatida to‘laqonli xizmat ko‘rsatishi uchun ancha yaxshilangan. Elektr qayiq to‘liq quvvatlanganda 10 soat ishlaydi. U soatiga 12 km tezlik bilan harakatlana oladi.

Roboat’ning boshqaruv tizimi boshqaruvchisiz avtomobillarda qo‘llanuvchi tizimga o‘xshash. Unga kanallar orqali harakatlanishda LIDAR skaneri, obektlar va to‘siqlarni topishga, 360 daraja burchak ostida ko‘rishga imkon beruvchi datchik va kameralar yordam beradi.

 

Mavzuga oid