Fan-texnika | 00:20 / 12.11.2021
37478
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yilning eng yaxshi ixtirolari ma'lum qilindi

Foto: Samsung

Ma'lumotlarni xavfsiz izlovchi dastur, virtual reallik ko‘zoynaklari va Samsung buklanuvchi smartfoni 2021 yilning eng yaxshi ixtirolari deb topildi.

Time nashri tomonidan har yil e'lon qilinuvchi yilning eng yaxshi ixtirolari ro‘yxatidan bir necha o‘nlab gadjet, texnologiya va ixtirolar joy oldi. Ular bir nechta toifaga bo‘lingan.

Jurnal mualliflari “Dasturlar” bo‘limiga ma'lumotlar izlovchi Neeva, Subdial trevoga tugmasi dasturlarini, interfaol xarita MTA Live Subway Map’ni kiritishgan.

“VR va AR” bo‘limiga Lenovo ThinkReality A3 Smart va Qualcomm Snapdragon XR2 virtual reallik ko‘zoynaklari, Google Maps uchun to‘ldirilgan reallik rejimi kiritilgan.

“Iste'molchilik elektronikasi” bo‘limidan Paper Shoot Camera fotoapparati, Samsung Galaxy Z Flip3 buklanuvchi smartfoni, Framework Laptop noutbugi, Vecnos IQUI “aqlli” selfi-tayoqchasi, JLab JBuds Frames smart-ko‘zoynaklari joy olgan.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi eng yaxshi ixtirolar qatoriga koronavirus va malyariyaga qarshi vaksinalar kiritilgan.

Shuningdek, Looking Glass Portrait uch o‘lchamli fotoramkasi, Roborock S7 robot-changyutgich, Apple M1 Pro protsessori, LG G-seriyasidagi televizorlar, Adidas va Nike futuristik krossovkalari ham yilning eng yaxshi ixtirolari deb topilgan.

Time 2020 yilda PlayStation 5 va Xbox Series X o‘yin pristavkalarini, Samsung Sero televizorini, Nvidia GeForce Now videoo‘yinlar bulutli servisini, Microsoft Surface Duo buklanuvchi smartfonini yilning eng yaxshi ixtirolari deb topgandi.

Mavzuga oid