O‘zbekiston | 13:42 / 27.11.2021
17459
2 daqiqa o‘qiladi

Hokim 1,5 mln so‘m oylik haqida gapirdi: odamlar nima deydi?

“Ayrimlar 1,5 mln oylik beraman, desa “kam” deydi, lekin 6 oylab uyda o‘tiradi”. Toshkent shahri hokimining bu gapi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz hamyurtlarimizning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.

Prezident 23 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrif chog‘ida aholini ish bilan ta'minlash masalasiga to‘xtaldi. Faollar bilan uchrashuv chog‘ida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham o‘z fikrlarini bildirdi.

“Chindan ham vakant o‘rinlarimiz ancha ko‘p. Lekin ayrim ishsizlarga: “Mana shu ishda ishlab tur, 1,5 mln so‘m maoshi bor, sekin-sekin oshirib borasan” desak, “1,5 mln so‘m yetmaydi” deyishadi. Lekin 6 oylab uyda o‘tiraveradi”, – dedi hokim.

Ortiqxo‘jayevning bu gaplari jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hokimning fikrini ma'qullaganlardan ko‘ra unga qarshi bo‘lganlar ko‘proqni tashkil qildi desak adashmagan bo‘lamiz.

Xususan, ko‘plab fuqarolar 1,5 mln so‘m maoshdan yo‘lkira va tushlikni ayirib tashlasa, deyarli hech vaqo qolmasligini ta'kidladi.

Kun.uz muhokama markazida bo‘lib turgan ushbu masalada fuqarolar fikri bilan qiziqdi.

Mavzuga oid