Jahon | 20:09 / 15.12.2021
6820
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesini bekor qildi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesini uning delegatsiyasiga hamrohlik qilgan jurnalistlardan birida koronavirus aniqlangani sababli bekor qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays bayonotiga tayanib OAV xabar berdi.

AQSh delegatsiyasi Malayziyada bo‘lganda jurnalistda koronavirus borligi tasdiqlangan va shundan keyin u ihotalangan. Praysning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun safarni bekor qilishga qaror qilingan.

Blinken ushbu vaziyat sababli Tailandga safarini qoldirgan. U bu haqda 16 dekabrda uchrashishi kerak bo‘lgan Tailand tashqi ishlar vaziriga ma’lum qilgan va bundan afsuslanish bildirgan.

Bundan oldin AQSh delegatsiyasi Indoneziyada bo‘lgan.

Mavzuga oid