Andijonda Nexia yonib ketib, ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi
Baliqchi tumanida daraxtga urilgan Nexia yonib ketdi. Haydovchi omon qoldi, ikki sinfdoshi halok bo‘ldi.
14 yanvar kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida Nexia yonib ketishi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
YTH tumanning Yangihayot mahallasi hududidan o‘tgan 4R-134 Kuyganyor—Eski Xaqqulobod avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan. Gulshan mahallasida yashovchi A.N. (1994 yilda tug‘ilgan) Nexia avtomobilini boshqarib borayotganda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan S.A. (2009 yilda tug‘ilgan) va S.M. (2012 yilda tug‘ilgan)ni ko‘rib qolib, ularni urib yubormaslik uchun rulni o‘ng tomonga burib, yo‘l chetidagi yong‘oq daraxtiga borib urilgan. Oqibatda avtomashinaning old dvigatel qismidan yong‘in chiqib, transport vositasi yonib ketgan.
Haydovchi avtomashinadan chiqishga ulgurgan. Nexia ichidagi yo‘lovchilar - haydovchining sinfdoshlari Q.U. va M.X. mashina ichida chiqolmay, yonib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
16:54 / 19.12.2024