Jamiyat | 12:50 / 06.02.2022
25603
3 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yig‘ilish o‘tkazdi

Yakshanba kuni Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida viloyat hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Avvalgi yakshanba kuni Qorovulbozor tumani davlat xizmatchilari yig‘ilishga chaqirilgandi.

6 fevral kuni dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida mahalla raislari va hokim yordamchilari yig‘ilishga chaqirildi. Yig‘ilishni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o‘tkazgan. Yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazish holati viloyatda o‘tgan hafta ham kuzatilgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Botir Zaripov 6 fevral kuni Buxoro tumani Kunjiqal’a mahallasidagi madaniyat markazida hokim yordamchilari hamda mahalla raislari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda tumandagi 36 ta mahallada hokim yordamchilari tomonidan xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish, odamlarni tadbirkorlikka o‘rgatish masalalari muhokama qilingan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Yig‘ilish viloyat hokimligining rasmiy Telegram kanalida axborot xizmati tomonidan onlayn yoritib borildi. Shundan ko‘rish mumkinki, ertalab 9:00lar atrofida boshlangan yig‘ilish bir necha soat davom etgan.

Botir Zaripov xuddi shu kabi yig‘ilishni bugun Vobkent tumanida ham o‘tkazgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, Botir Zaripovning hokim yordamchilari va MFY raislari bilan uchrashuvi G‘ijduvonda ham o‘tkazilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazish holati viloyatda o‘tgan haftada ham kuzatilgan. 30 yanvar kuni (yakshanba) Qorovulbozor tumanida mahalla raislari, deputatlar va tuman faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, bir qator masalalar muhokama qilingan. Bu orqali keyingi paytlarda viloyatda yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazish “an’ana” tusiga kirib borayotganini ko‘rish mumkin.   

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

P/S: Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, viloyat rahbari 6 fevral kuni Shofirkon tumanida ham shu kabi yig‘ilish o‘tkazgan

Mavzuga oid