O‘zbekiston | 22:40 / 21.02.2022
2892
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda Navro‘z bayramiga tayyorgarlik boshlandi

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumani hokimligi, Toshkent shahar prokuraturasi va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida tuman hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Shtab yig‘ilishida Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov, Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov, tuman sektor rahbarlari, majmualar boshqarma bo‘lim mas’ullari, obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari ishtirok etdi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Tadbir jarayonida tuman hududida olib boriladigan ishlar rejalashtirib olindi va jalb qilingan texnikalar hamda ishchilar mahallalarda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Mavzuga oid