O‘zbekiston | 15:50 / 04.03.2022
9335
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qalbaki 100 mln so‘m pullarni o‘tkazayotgan fuqarolar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Fuqarolar Asaka tumanida 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyuralarni 57 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Tadbir davomida, fuqarolar A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqarolar A.K. va X.N.ga 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyuralarni 57 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid