O‘zbekiston | 10:54 / 14.03.2022
25888
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qishloqlarda bahor nafasi

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi aksariyat qishloqlar tog‘ tizmalari etagida joylashgan. Odatda bu qishloqlarda bahor biroz kechikib keladi. Ammo bu yil tog‘li qishloqlarda ham allaqachon dalalar ko‘klab, bahor nafasi sezilgan. Kun.uz muxbiri tumanning Dara qishlog‘ida bo‘lib, ko‘klam manzaralarini kadrlarga muhrladi.

Dara qishlog‘i tog‘lar orasida – darada joylashgan. 30 ga yaqin oila istiqomat qiladigan qishloqda odamlar asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Tabiat manzaralari go‘zal bo‘lgani tufayli bahor paytlarida qishloqqa ko‘plab mahalliy sayyohlar keladi.

Mavzuga oid