O‘zbekiston | 14:21 / 15.03.2022
19845
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Kuchli yomg‘ir tufayli Samarqand ko‘chalari suvga to‘ldi

14 mart kuni tunda va 15 mart kuni ertalab yog‘gan kuchli yomg‘irlar tufayli Samarqand shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘ldi.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, shaharning So‘g‘diyona dahasidagi bir qator ko‘chalar, shuningdek, xalq tilida «Makaronka» deb ataladigan Chuqur yo‘li ko‘chasi suvga to‘lgan.

Bundan tashqari Hazora avtoshohbekati, Registon ko‘chasida katta miqdorda suv yig‘ilgan.

Shaharda yomg‘ir yog‘ishi davom etmoqda. Joylarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari navbatchilikda turib, to‘planib qolayotgan suvlarni bartaraf etishmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, kuchli yomg‘ir tufayli M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan qismida sel oqayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 12 mart kunidan buyon O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘moqda. Oqibatda tog‘li tumanlarda sel kelishi kuzatilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining tog‘li tumanlarida sellar oqmoqda.

Ma’lumot uchun, «O‘zgidromet» yomg‘irli ob-havo 20 martgacha saqlanib turishi va 17-20 mart oralig‘ida O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid