O‘zbekiston | 18:33 / 05.04.2022
6957
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy soha vakillari va rasmiylar «Bag‘rikenglik bog‘i»da ko‘chat o‘tqazishdi (foto)

Bugun, 5 aprel kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil qilingan «Bag‘rikenglik bog‘i»da diniy soha peshvolari va rasmiylar ko‘chat o‘tqazishdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan suratlarda marosimda prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahmatulloh Termiziy va boshqa diniy konfessiya yetakchilari ishtirok etgani aks etgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ma’lum qilinishicha, ushbu ishlar prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Shuningdek, mazkur loyiha doirasida joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining bayonoti ham qabul qilingan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

«Bayonotda «Yashil makon» umummilliy loyihasining hayotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilib, dinimiz ta’limoti asosida barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chaqirish barobarida, qishloq-ovullarmiz, mahalla-ko‘ylarimizni obod qilish orqali yurtimizni bog‘-u bo‘stonga aylantirish nazarda tutilgan. Ushbu savobli loyihada yurtimizdagi barcha masjid-u mahallalar uyushqoqlik bilan ishtirok etib, masjidlar hududida yashil makonlar tashkil etish va ko‘chat ekish ishlari faol davom ettirilmoqda — deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Mavzuga oid