O‘zbekiston | 11:26 / 10.05.2022
27930
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi shifoxonaga joylashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida avtobus ag‘darilib ketgani bo‘yicha ma’lumot tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Foto: YHXX

2022 yil 3 may kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi 4R-65 avtomobil yo‘lining 23-24-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan K.O‘. "Yutong" rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

YTH natijasida 5 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid