Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Abdurasul Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
U 1990 yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.
A.Abdurahmonov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofitserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgandi.
Joriy yilning 10 may kuni Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Bahodir Qodirov Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Mavzuga oid
11:38 / 25.01.2025
Surxondaryo hokimining amaldorlarni mukofotlash haqidagi farmoyishi bekor qilindi
17:50 / 21.01.2025
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi
17:44 / 17.01.2025
Toshkentda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi
11:18 / 13.01.2025