Inditex O‘zbekistonga kelyapti
Chakana kiyim sotish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi, yirik do‘konlar tarmoqlari egasi bo‘lmish Inditex vakillari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan 6 iyun kuni to‘rt kunlik tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Mazkur ispan kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik bo‘yicha direktorati vakillarining tashrifi respublikamiz to‘qimachilik sanoatini global ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish uchun tashkil qilindi.
Tashrif davomida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va O‘zbekistondagi tekstil sohasidagi salohiyatli kompaniyalar va paxta-to‘qimachilik klasterlariga tashrif buyurish hamda shu orqali ishlab chiqarish sohasidagi ishchilarning mehnat sharoiti, ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga hamda ushbu jarayonda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning iste’molchiga ta’sirini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Tashrif yakuni bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.
Bugun, 6 iyun kuni delegatsiya a’zolari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib, respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, to‘qimachilik sanoatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot oldilar.
Tashrif davomida Ispaniya delegatsiyasi bir qator to‘qmachilik korxonalariga borib, to‘qimachilik sohasida olib borilayotgan faoliyatlari bilan atroflicha tanishishi ko‘zda tutilgan.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
14:14 / 29.11.2024
Polshadagi 5 ta savdo uyi orqali O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari sotuvi hajmi ortdi
17:30 / 27.11.2024
To‘qimachilik biznesi ajratilgan 25 mln dollarlik subsidiyadan hozircha faqat 4 mln dollaridan foydalandi
10:00 / 12.11.2024