«DXR»da o‘limga hukm qilingan marokashlikning otasi: o‘g‘limda Ukraina pasporti bor
Brahim Saadun 2020 yilda Ukraina fuqaroligini olgan va uni yollanma deb hisoblash mumkin emas, dedi otasi. U o‘g‘liga harbiy asir kabi munosabatda bo‘lishni talab qilmoqda.
«DXR»da o‘limga hukm qilingan marokashlik Brahim Saadun Ukraina fuqaroligiga ega. Shunga ko‘ra, unga nisbatan yollanma askar moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi kerak emas. Bu haqda yigitning otasi Tahar Saadun ma’lum qildi, deb yozadi 13 iyun, dushanba kuni Reuters.
Tahar Saadunning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li bir yillik harbiy xizmatdan so‘ng 2020 yilda Ukraina fuqaroligini olgan. Fuqarolik Kiyevdagi universitetlardan birida aerokosmik texnologiyalarni o‘rganish uchun kerak bo‘lgan. Brahim asirlikka o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan, shuning uchun u Ukraina qurolli kuchlarining boshqa xizmatchilari singari harbiy asir maqomiga ega bo‘lishi kerak, deya ta’kidlaydi otasi.
Brahim Saadun, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida Ukraina qurolli kuchlari tomonida qatnashgan ikki britaniyalik – Eyden Aslin va Shon Pinner 9 iyun kuni «DXR» rasmiylari tomonidan yollanma askar moddasi bo‘yicha otuvga hukm qilindi. 10 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya Pinner va Aslinni harbiy asir deb hisoblamasligi haqida bayonot berdi.
Ayni paytda, BMT «DXR»da uch nafar xorijlik o‘lim jazosiga hukm qilingani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘zini «Donetsk Xalq Respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «Oliy sudi» uch nafar harbiy xizmatchiga nisbatan o‘lim jazosi hukmini chiqarganidan xavotirda», - deydi tashkilot matbuot kotibi Ravina Shamdasani. U bu haqda 10 iyun kuni Jyenevada jurnalistlarga ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u «DXR» va «LXR»da inson huquqlarining jiddiy buzilishiga ishora qildi. «2015 yildan buyon biz o‘zini mustaqil deb e’tirof etgan sub’yektlarda «odil sudlovni amalga oshirish» jarayonida adolatli sudlovning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kafolatlar: ochiq sud majlislari, sud majlisining mustaqilligi va xolisligi kabilarga e’tibor berilmaganini bir necha bor kuzatganmiz», - dedi Shamdasani. Uning so‘zlariga ko‘ra, «harbiy asirlarga nisbatan bunday sud jarayonlari harbiy jinoyat hisoblanadi».
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024